Rossiya Tergov qo‘mitasi tadbirkor Mixail Xodorkovskiyni Nefteyugansk meri Vladimir Petuxov qotilligini tashkillashtirishda sirtdan aybladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Xodorkovskiy “YuKOS” neft kompaniyasi rahbari bo‘lib ishlab yurgan paytlarida 1998-yilda o‘z qo‘li ostida xizmat qilgan Leonid Nevzlin va Aleksey Pichuginga Petuxov o‘limini tashkillashtirish, 1999-yilda esa “Ist Petroleum Xandelsgez” kompaniyasi boshqaruvchisi Yevgeniy Ribinga suiqasd uyushtirish haqida buyruq bergan.
Tergov suiqasd g‘arazli niyatda amalga oshirilgan, deb hisoblaydi.
Izoh (0)