Koreya Respublikasi razvedkasi KXDR rahbari Kim Chen Inning mamlakat vodorod bombasiga ega ekanligi haqidagi bayonotini mubolag‘a deb hisoblamoqda. Bu haqda Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati vakili Seuldagi brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz Shimoliy Koreya vodorod bombasiga ega ekanligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz. Shu paytgacha ixcham yadroviy qurol yarata olmagan Shimoliy Koreya vodorod bombasini yaratish imkonini beruvchi texnologiyaga ega emas deb hisoblaymiz”, — dedi razvedka vakili.
Janubiy koreyalik ekspertlarning fikricha, hozirgi paytda KXDR bu kabi yuqori texnologiyalarga ega emas, biroq ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, KXDR vodorod bombasiga ega ekanligi haqida mamlakat rahbari Kim Chen In ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)