Pekinda 6-dekabr kuni havoning ifloslanganligi tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori – “qizil” darajasi e’lon qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Hukumat zaharlangan havo sababli 7—9-dekabr kunlari Xitoy poytaxtidagi maktab va bolalar bog‘chasida ochiq havodagi mashg‘ulotlarni bekor qilish haqida farmoyish berdi.
Ba’zi sanoat korxonalariga faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki qisqartirish to‘g‘risida buyruq berildi. Shuningdek, har qanday qurilish ishlari taqiqlandi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy transportdan foydalanishni cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunday sharoitda yo‘lovchi transportining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun poytaxt hukumati yo‘nalishlarga qo‘shimcha 840 ta avtobus, metro tizimiga esa 53 ta vagon kiritdi.
Izoh (0)