Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Rossiya Suriyada yangi aviabazasini joylashtirmoqchi ekanligi haqida OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Uning fikriga ko‘ra, chet el OAVlari turli mish-mishlar bilan jamoatchilik fikrini muammodan chalg‘itishga urinmoqda.
“Dastlab Kuvaytning juda ozchilikka tanish bo‘lgan gazetasi tomonidan Shayrat aholi punktida Rossiyaning yangi aviabazasi joylashtirilayotganligi haqida ma’lum qilindi. Rossiya aviaguruhi joylashgan ‘Xmeymim’ aviabazasidan uning har qanday samolyoti Suriyaning istalgan nuqtasiga 30—40 daqiqada yetib borishi mumkinligini tushunish uchun harbiy ekspert bo‘lish shart emas”, — deb ta’kidladi general jurnalistlar bilan suhbat davomida.
Izoh (0)