Mixail Xodorkovskiyga nisbatan Nefteyugansk meri Vladimir Petuxovning qotillik ishi yuzasidan sirtdan ayblov e’lon qilindi, deb xabar beradi “RBK”.
Avvalroq Tergov qo‘mitasi Xodorkovskiy ushbu jinoyat ishining buyurtmachisi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
YuKOS neft kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Twitter’dagi akkauntida uning otasiga 7-dekabr, dushanba kuni keltirilgan chaqiruv qog‘ozini chop etdi. Chaqiruv qog‘ozida ma’lum qilinishicha, Mixail Xodorkovskiy 11-dekabr kuni 18/35-03-raqamli jinoyat ishi yuzasidan aybdor sifatida so‘roq qilinishi uchun Tergov qo‘mitasiga kelishi lozim.
Petuxov 1998-yilning 26-iyunida Xodorkovskiyning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan edi. 2005-yilda ushbu qotillik ishi bo‘yicha YuKOS neft kompaniyasi xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksey Pichuginga nisbatan ayblov e’lon qilinib, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Izoh (0)