Turkiya hukumati 6-dekabr, yakshanba kuni Iroqning shimoliga qo‘shimcha askar yuborish niyati yo‘qliginin ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Iroq turkiyalik harbiylarning o‘ziga tegishli bo‘lgan hududda joylashganligi sababli BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgach, shu qaror qabul qilingan.
Avvalroq, Iroq Bosh vaziri Haydar al-Obodiy agar turkiyalik harbiylar 48 soat ichida Iroq hududini tark etmasa, Bag‘dod ularga nisbatan har qanday chora ko‘rish, shu jumladan, BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilish huquqini o‘z zimmasida qoldirishini bayon qilgan edi.
Vazirning ma’lum qilishicha, Turkiya Iroq hukumatining ruxsatisiz o‘zining harbiylarini joylashtirgan va bu bilan mamlakat mustaqilligini buzgan.
Izoh (0)