O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasur Boyqo‘ziyev Meksikada o‘tkazilgan taekvondo WTF bo‘yicha Gran-pri turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi, ammo Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada yo‘llanmasi O‘zbekistonning boshqa bir vakili Dmitriy Shokinga nasib etdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Dmitriy Shokin va Jasur Boyqo‘ziyev reytingda dastlabki ikki o‘rinni band etdi, ammo qoidalarga ko‘ra, Olimpiadada bir mamlakatning ikki vakili bir vazn toifasida ishtirok etolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil Chelyabinskda o‘tkazilgan JChda 23 yoshli Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida ilk bor taekvondo WTF bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. Mavsum davomida 10 ta turnirda g‘alaba qozonib, nafaqat olimpiya, balki jahon reytingida ham birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Meksikadagi turnir yakunlariga ko‘ra, 26 davlatdan kelgan sportchilar Olimpiadaning 48 ta yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qolgan yo‘llanmalar 2016-yili qit’alararo saralash turnirlarida o‘ynaladi.
Izoh (0)