Iroq turk harbiylari rotasining Mosul shahri yaqinidagi Bashik hududiga tashlanishini o‘z suverenitetining buzilishi deb atadi va Turkiya qo‘shinlarining zudlik bilan chiqarilishini talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Iroq Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning harakatini “bostirib kirish” deb atadi va Bag‘dod bilan muvofiqlashtirilmagan har qanday harbiy operatsiya o‘tkazilishini taqiqladi.
CNN Turk kanalining ma’lumotiga qaraganda, 130 nafar turk harbiy xizmatchisi Shimoliy Iroqning Mosul shahri yaqinidagi Bashik hududiga joylashtirilgan.
AQSh harbiy kuchlari Turkiya harbiy xizmatchilarini IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya operatsiyalari doirasida emas, mustaqil ravishda Iroq shimoliga joylashtirganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)