Rossiyaga tegishli A321 samolyotining Sinay yarimorolidagi halokati qurbonlarining genetik ekspertizasi yakunlandi. Bu haqda Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Igor Albin apparatining matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Misrdan keltirilgan terakt qurbonlarining genetik ekspertizasi yakunlandi. Moskva Sud-tibbiy ekspertiza markazida genetik material verifikatsiyasi va molekulyar-genetik identifikatsiyasi bo‘yicha asosiy ishlar amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.
Tergov qo‘mitasi tomonidan kalendar jadvali ishlab chiqilib, shtabga topshirilgan. Unga muvofiq halok bo‘lganlarning qarindoshlari tergov materiallari bilan tanishish va ko‘mish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish uchun tergov organlari tomonidan taklif etiladi.
Izoh (0)