Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Lavrovning so‘zlariga qaraganda, Turkiya tomoni Belgradda yuzma-yuz uchrashuvni tashkil etishni qat’iy so‘ramoqda. Belgradda 3—4-dekabr kunlari YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
“Biz bu uchrashuvdan bosh tortmaymiz. Janob Chavusho‘g‘luning so‘zlarini tinglab ko‘raylik. Balki omma oldida bildirilgan so‘zlar bilan taqqoslanganda, yangi nimadir paydo bo‘lar”, — dedi Lavrov.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan Parijda boshlangan iqlim sammiti doirasida uchrashishni so‘ragan edi. Biroq uchrashuv amalga oshmagan edi.
Izoh (0)