Dyusseldorfda (Germaniya) 29-noyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi WBA (Super), WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi jahon chempioni Vladimir Klichko va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Tribuna.com” xabar bermoqda.
Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, ushbu bellashuvda Fyuri g‘alabaga erishdi (115-12, 115-112, 116-111). Klichko 11 yil mobaynida birinchi, jami hisobda esa to‘rtinchi bor mag‘lubiyatga uchradi: oxirgi bor ukrainalik bokschi 2004-yil 10-aprelda Leymon Bryusterga yengilgandi.
Izoh (0)