AQSh prezidenti Barak Obama Kolorado-Springs shahridagi otishmadan xabardor etildi. Bu haqda “Kommersant.ru” Oq uy vakili ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Prezident Koloradodagi vaziyat haqida terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yordamchisi Liza Monako tomonidan xabardor qilindi. Zarurat bo‘lganda unga yangi axborotlar yetkaziladi”, — dedi Oq uy vakili.
CNN’ning ma’lum qilishicha, oilani rejalashtirish shifoxonasida yuz bergan otishma oqibatida kamida sakkiz kishi yaralangan. Shahar politsiyasi leytenanti Ketrin Bakli to‘rt nafar politsiyachi yaralanganligini xabar qildi.
Politsiya Kolorado-Springsdagi vaziyat hozircha normallashmaganligini ma’lum qildi va begonalarni shifoxonaga yaqinlashmaslikka chaqirdi.
Izoh (0)