Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘ydan ikki oy oldan FHDYoda nikohni qayd qildirgani ayrimlarning salbiy munosabatlariga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
Xususan, Instagram’dagi foydalanuvchilardan biri xonandalarning to‘yi haqidagi yangiliklarga munosabat bildirib, Oybek bundan bir necha yil avval boshqa bir qizga uylangani, o‘sha qiz bebaxt bo‘lib qolayotgani haqida xabar qoldirgan.
Bundan tashqari, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Shohira Hamro taxallusli foydalanuvchi “Xonandalar yaxshi o‘rnak bo‘lmayapti” deya, shunday fikrlarni bildirgan: “Xonandalarimiz ‘fuqarolik nikohi’ni urfga olib kiryapti. Internet-u, shou biznes matbuoti uni ommalashtirishda yaqindan yordam beryapti, shekilli”.
Mazkur fikrlar, turli mish-mishlarga javoban xonanda Oybek shunday dedi: “Odamlarga qo‘yib bersa nimalarni o‘ylab topishmaydi. Men hech kimni bebaxt qilmaganman. Bu mening birinchi turmushim!”.
Eslatib o‘tamiz, xonandalar Oybek va Nigoraning nikohi to‘yi 21-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)