Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat o‘z havo chegaralarini buzuvchilarga nisbatan Rossiya aviatsiyasiga qarshi qo‘llagani kabi choralar ko‘rishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Agar bugun ham havo chegaralarimiz xuddi shu tarzda buziladigan bo‘lsa, xuddi shunday javob ko‘rsatishga qodirmiz”, — dedi Turkiya prezidenti.
Shuningdek, Erdo‘g‘on ta’kidlashicha, harbiylarning xatti-harakatlari mamlakat havo hududiga buzib kirilganiga javoban “avtomatik reaksiya” bo‘lgan.
Izoh (0)