Rossiya poytaxtida bir necha kun avval tug‘ilgan qizaloqqa Suriya ismini qo‘yishdi, deb xabar beradi “Moskva” agentligi.
Chaqaloqning otasi hozirgi paytda Suriyada xizmat safarida bo‘lib, uning u yerda qanday vazifani o‘tayotganligi ma’lum qilinmadi.
Avvalroq Moskvada Rossiya, Hindiston, Vizantiya va London hududlaridan biri – Chelsi sharafiga ism qo‘yilgan qizchalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari poytaxtda Sevastopol ismli o‘g‘il bola ham yashaydi.
Oxirgi 17 yil ichida poytaxtda ko‘plab o‘ziga xos ismli bolalar qayd etilgan.