Tunis markazida ichida Milliy gvardiya askarlari bo‘lgan avtobus portlatib yuborildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Guvohlarning aytishicha, portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar bor. Tunis ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusda mamlakat prezidenti qo‘riqchilari bo‘lgan.
Portlash avtobus ilgarilari 2011-yili hokimiyatdan ag‘darilgan sobiq prezident Bin Ali partiyasining shtab-kvartirasi bo‘lib xizmat qilgan bino oldidan o‘tib ketayotgan chog‘da ro‘y bergani aytilmoqda.
Izoh (0)