O‘zbekistonlik tennischi Vlada Yakshibarova Isroilning Tel-Aviv shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Mukofot jamg‘armasi 10 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada Vlada oltinchi raqam ostida tasniflangan, deb xabar beradi “Olamsport”.
Vlada ilk bosqichda ukrainalik Veronika Stotikaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda o‘zbekistonlik tennischi 6:2, 6:7(9), 6:1 hisobida raqibasini mag‘lub etdi.
Endi Yakshibarova chorak final yo‘lida moldovalik Yuliya Xelbetga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)