Turkiya chegarasi yaqinida urib tushirilgan qiruvchi samolyot uchuvchilaridan biri mahalliy turkman kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda, CNN Turk’ga asoslanib, “Interfaks” agentligi xabar bermoqda.
Ikkinchi uchuvchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq, Turkiya—Suriya chegarasi yaqinida harbiy samolyot qulagani haqida xabar berilgan edi. Turkiya harbiylarining tasdiqlashicha, samolyot Turkiya havo kengliklarini buzib o‘tganidan so‘ng urib tushirilgan. Samolyot Suriyaning Latakiya viloyatiga qulagan, ikki uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)