O‘zbekiston poytaxtida 22-noyabr, yakshanba kuni soat 23:16 da kuchsiz yerosti silkinishi sezildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilishlaricha, 5,4 magnitudali zilzila Toshkentdan 532 km uzoqlikda, Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida sodir bo‘ldi.
Poytaxtda yerosti silkinishlari 1—2 ballni tashkil qilgan, Surxondaryo viloyatida esa zilzila kuchi taxminan 2 ballga yetgan.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar sezildi. Jumladan, 17-noyabr kuni 22:29 da Toshkentda 2,5—3 balli, 20-noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21-noyabr kuni 5:16 da 2 balli zilzilalar sezildi.
Izoh (0)