Rossiyaning “Rossiyskaya gazeta” nashri 2015-yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra mamlakatda sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingini tuzdi.
Eng arzon avtomobillar o‘nligida birinchi o‘rinni Rossiyada hozircha Daewoo brendi ostida sotilayotgan Matiz o‘zida saqlab qoldi.
Dvigateli hajmi 1,6 litr, quvvati 82 ot kuchiga teng, besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, bitta xavfsizlik yostiqchasi bilan ta’minlangan Matiz noyabr oyida Rossiya bozorida 314 ming rubl (qariyb 4,8 ming dollar)dan sotildi.
Reytingning dastlabki o‘nligida Matiz’dan keyingi o‘rinlarni quyidagi avtomobillar egallagan:2. Lifan Smily — 319 ming rubl
3. Lada Granta sedani — 348 ming rubl
4. Lifan Smily New — 364 ming rubl
5. Lada Granta liftbeki — 368 ming rubl
6. Lifan Solano — 379 ming rubl
7. Geely GC6 — 389 ming rubl
8. Chery Bonus (ZAZ Forza) — 389 ming rubl
9. Datsun on-DO — 391 ming rubl
10. Renault Sandero xetchbeki — 399 ming rubl
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Matiz avtomobili oktabr oyida ham Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingida birinchi bo‘lgandi.
Izoh (0)