Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites iste’foga chiqarilishi lozim degan qarorga kelgan, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Klub rahbariyati madridliklarning joriy mavsumdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmagani tufayli, iste’fo kelasi haftada yoki mavsum oxirida amalga oshishi mumkin.
“Barselona”ga qarshi o‘yinda “Real” o‘z maydonida 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv vaqtida Madrid klubi muxlislari Benitesning iste’fosini talab qilib, hushtakbozlik qildi.
O‘yindan keyin “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidentiga ultimatum qo‘ydi va klubda yo o‘zi, yoki Benites qolishini aytdi.
Izoh (0)