Ukraina energiya ta’minotini to‘xtatganligi munosabati bilan Qrimda favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” FVV hududiy boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Aleksey Fridman ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“K-telekom” operatori vakillarining ma’lum qilishicha, Qrim aholisining mobil aloqasi tonggacha ishlaydi.
Kompaniya asosiy stansiyalarni quvvatlantiruvchi maxsus navbatchi guruhlar tashkil etilganligini ma’lum qildi. Bu kabi stansiyalar soni 1100 ta bo‘lganligi sababli, ularning barchasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi uchun uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)