Mali xavfsizlik kuchlari poytaxt Bamakodagi mehmonxonani shturm bilan egallash vaqtida terrorchilar tomonidan garovga olingan kamida 20 kishini ozod etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq taxminan o‘n kishi garovdan ozod etilgani, qurolli hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni esa to‘qqiz nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
20-noyabr, juma kuni o‘nga yaqin qurollangan shaxs Bamakodagi Radisson Blu mehmonxonasiga hujum qildi. Bu vaqtda mehmonxonada 170 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)