Qurollangan noma’lum shaxslar Mali poytaxti Bamako shahrida joylashgan Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hodisa yettinchi qavatda ro‘y berdi, jangarilar yo‘lakda o‘t ochdi”, — dedi Agence France-Presse agentligiga Mali xavfsizlik kuchlaridagi manba.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari 190 ta xonasi bor mehmonxonani qurshab olgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada otishmalar davom etmoqda.
Reuters’ning xabar berishicha, noma’lum shaxslar mehmonxonadagilarni garovga olgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)