Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida har bir chaqiruv va telefon raqami yozib olinadi. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Po‘latov “Darakchi” gazetasiga ma’lum qildi.
“Bunday hollar ro‘y bergan taqdirda biz mahalliy ichki ishlar idorasiga murojaat qilamiz, ular esa o‘z o‘rnida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 199-moddasiga asosan, chora ko‘radi”, — dedi Po‘latov.
“Shu yil davomida 14 ta shunday holatni ro‘yxatga oldik. Bunday holatlar ma’muriy javobgarlik bilan nihoyasiga yetdi”, — dedi Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 199-moddasiga (“Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik”) muvofiq, militsiya, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Avvalroq Toshkent shahrida 10 oyda yuz bergan yong‘inlar oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)