Toshkent shahrida so‘nggi 10 oyda 1474 ta yong‘in qayd etildi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Murod Qo‘chqorovga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Shaharda yuz bergan yong‘inlar oqibatida hisobot davrida 17 kishi halok bo‘ldi, yana 24 nafari jabrlandi.
“20 kishi qutqarilib, 2 milliard so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklar saqlab qolindi”, — deydi Qo‘chqorov.
Izoh (0)