Fransiya politsiyasi Parijga qarashli Sen-Deni shaharchasida o‘tkazgan maxsus operatsiya yakunlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilikda gumon qilinayotgan yetti kishi qo‘lga olingan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Sen-Denidagi operatsiya bir necha soat davom etdi. Uning davomida bir nafar mahalliy fuqaro nobud bo‘ldi, besh nafar politsiyachi yaralangan. Ikki yoki uch nafar jinoyatchi, jumladan, o‘zini portlatib yuborgan xudkush ayol halok bo‘lgan.
Mazkur guruh Fransiya poytaxtida yangi terakt amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgani va 13-noyabrdagi hujumlarga aloqador bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)