O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 2015-yil 17—18-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Tashrif dasturidan ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari o‘rin olgan. Ularda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)