Aktrisa Nargiza Salmonova so‘nggi vaqtlarda nima sababdan to‘lishganini ma’lum qildi. Bu haqda u “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qomatim o‘zgaruvchan. Maktab vaqtida qancha yesam ham to‘lishmasdim, o‘qishga kirgach, ta’sirchan bo‘lib qoldim — hamma stressdan ozib ketsa, men to‘lishaman. So‘nggi vaqtlarda ruhan qiynalganim yo‘q. Xo‘p, mayli, bir sirni ocha qolay”, — dedi aktrisa.“Yaqinda suratga olish ishlari tugagan “Artist” seriali uchun naq 7 kilogramm to‘lishdim. To‘g‘risi, bu qahramonimni ekranda tomosha qilishni hayajon bilan kutayapman. Gap vazn to‘plaganimda emas, umuman, men uchun bu rol faoliyatimdagi tub burilish bo‘ldi. Erkakshoda, ovqat desa o‘zini tomdan tashlaydigan qizni ijro qildim”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.
Izoh (0)