Volkswagen konserni dasturiy ta’minot tizimida nosozligi bo‘lgan avtomobil egalariga tovon puli taklif qildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Korporatsiya ularga 1000 dollar taklif qilib, uning yarmi ixtiyoriy sarflash uchun bank kartasiga o‘tkaziladi. Qolgan yarmini faqat Volkswagen’ning dilerlik markazlarida sarflash mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompaniya jabrlanganlarga yo‘llarda uch yil mobaynida tekin yordam taklif qildi.
Ushbu aksiya ikki litrli dizel dvigatelli avtomobillarga ega 482 ming amerikalikka aloqador.
Eslatib o‘tamiz, Volkswagen konsernining bir necha muhandislari ichki tekshiruv davomida dizel dvigatellarida zararli tashlanmalar ko‘rsatkichini pasaytirish bilan bog‘liq soxtakorliklarni tan olgan edi.
Izoh (0)