Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova uning tug‘uruq vaqtidagi suratlarini tarqatilishi yuzasidan gumoni kimdan ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Xonandaning qayd etishicha, u Telegram messenjerida tarqalib ketgan suratlarini ko‘rganidan so‘ng, tug‘uruqxona bosh shifokoriga murojaat qilgan. “U ham hayron bo‘lib, o‘sha kuni navbatchilik qilgan barcha xodimlarni chaqirtirib, so‘roq qildi. Albatta, hech kim aybni tan olmadi”, — deydi xonanda.
“O‘zimning gumonim bir shifokor ayoldan. Qolgan shifokorlar rus edi. Ular hatto meni xonanda ekanimni bilishmadi ham. Lekin u ayol darrov tanib, ‘salkam hamshahar ekanmiz’, deya o‘zini menga yaqin tutgandi”, — dedi Dilso‘z.
“Ayol kishi bo‘la turib, dard tutib yotgan ayolni rasmga olib, tarqatganiga hayron qoldim. O‘sha kuni uning telefonda gaplashganini ko‘rgandim, boshqa shifokorlarning qo‘lida telefon yo‘q edi”, — deya qo‘shimcha qildi Dilso‘z.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Dilso‘z 18-oktabr kuni Toshkentdagi 6-son tug‘uruqxonada qiz farzandlik bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Avvalroq, xonanda “to‘yidan keyin besh yarim oyda tug‘ishi” sabablarini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)