Kataloniya parlamenti avtonom viloyatning mustaqilligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi, deb xabar beradi “TASS”.
Rezolyutsiyani ma’qullab 72 nafar deputat ovoz bergan bo‘lsa, ularning 63 nafari qarshi ovoz berdi.
“Respublika shaklidagi Kataloniya mustaqil davlatini tashkil etish jarayonining boshlanishi” to‘g‘risida e’lon qilingan hujjat 27-oktabr kuni separatizm harakati tomonidan tasdiqlangan edi. Rezolyutsiya 18 oy davomida turli davlat tuzilmalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, yangi konstitutsiyaning matni tayyorlandi.
Izoh (0)