31-oktabrga o‘tar kechasi Buxarest tungi klubida yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 44 kishiga yetdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Ruminiya poytaxtida joylashgan tungi klubdagi yong‘in 31-oktabrga o‘tar kechasi yuz berdi. Yong‘inga rok-konsert vaqtida otilgan mushak sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, muassasaning yog‘och shifti birdan alanga olgan, shundan so‘ng yagona chiqish yo‘li tomon katta tiqilinch yuzaga kelgan. Hodisa yuz bergan vaqtda bino ichida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 300—400 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)