Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) sobiq prezidenti Lamin Diak korrupsiyada gumonlanib, hibsga olindi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Le Figaro gazetasi yozishicha, Diak va uning huquqiy maslahatchisiga rossiyalik yengil atletikachilar tomonidan doping qabul qilinishi holatlarini yashirish uchun Rossiyadan pul tushib turgan. IAAF bosh qarorgohida tintuv o‘tkazildi.
Lamin Diak IAAF’ni 1999-yil noyabridan 2015-yil avgustigacha boshqargan.
Izoh (0)