“Barselona” shifokorlar shtabi Lionel Messining tiklanish jarayoni yaxshi kechayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Xabarda aytilishicha, argentinalik hujumchi taxmin qilinganidan tezroq oyoqqa turmoqda va Ispaniya chempionatining 12-turida “Real”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Messi sentabr oyining oxirida tizzasidan jarohat olgandi.
Izoh (0)