2015-yil noyabrida Shekspirning “Globus” teatri Toshkentga “Gamlet” pyesasi postanovkasi bilan tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda UzDaily. 4-noyabr kuni teatr O‘zbekiston Milliy teatrida pyesani namoyish etadi.
Ushbu tashrif O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “O‘zbek teatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida amalga oshiriladi.
O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi rahbari o‘rinbosari Jamila G‘ulomova so‘zlariga ko‘ra, “Globus”ning O‘zbekistonga tashrifi Shekspir tavalludining 450 yilligiga bag‘ishlangan Globe to Globe loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.