National Geographic fototanlovi favoritlari e’lon qilindi (foto)
Business Insider nashri 2015-yilgi National Geographic Photography Contest fototanlovining o‘nta favoritini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Tanlov uchun arizalar 16-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘olibining fotosurati National Geographic jurnalida chop etiladi, uning muallifi esa 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti va tahririyatning Vashingtondagi bosh qarorgohiga sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.