Afg‘onistonning Jarm shahridan 45 kilometr uzoqlikda, Hindikush tog‘larida yuz bergan 7,7 magnitudali zilzila Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston poytaxtida vahimaga sabab bo‘ldi. Bu haqda Russia Today xabar bermoqda.
Reuters’ning guvohlarga asoslanib xabar berishicha, yerosti silkinishlari Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida sezilgan, binolarni ham qimirlatib yuborgan.
NDTV’ning xabar berishicha, Hindistonning Dehli, Kashmir, Xaryana va Panjob shtatlarida silkinish ayniqsa kuchli sezilgan, poytaxt Dehlida odamlar uy va idoralarni tashlab ko‘chagan chiqqan.
Srinagarda esa telefon aloqasi va elektr ta’minoti uzilib qolgani aytilmoqda. Pokiston poytaxtida Islomobodda ham vahimaga tushgan odamlar ko‘chalarga chiqib ketgan.
Hodisa natijasida yuz bergan vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar haqida hozircha axborot yo‘q.
Avvalroq, markazi Hindikush tog‘larida bo‘lgan davomli zilzila O‘zbekistonda ham sezilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)