24-sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida ziyoratchilarning to‘planib qolishi oqibatida yuzaga kelgan tiqilinch tufayli halok bo‘lganlar soni kamida 2121 kishiga yetdi. Bu haqda AP ma’lumotlariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Oldinroq baxtsiz hodisa tufayli 1633 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hodisa qurbonlari va jabrlanuvchilari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)