Farg‘onada istiqomat qiluvchi Bahromjon va Nasibaxon Yakubovlar oilasida to‘rt egizak dunyoga keldi: uch nafar o‘g‘il va yana bir qizaloq. Yakubovlar oilasida besh va uch yoshli qizaloqlar tarbiyalanayotgan edi, deb xabar qiladi “Telegraf.uz”.
“Chaqaloqlarning barchasi sog‘lom. Ular doimiy nazoratimizda, — deydi viloyat perinatal markazining davolovchi vrachi Feruza Ahrorova. – Ona-bolalarga maxsus palatada barcha sharoitlar yaratib berildi va alohida hamshiralar biriktirildi. Tibbiy muolajalar o‘z vaqtida o‘tkazilmoqda”.
Izoh (0)