“Rossiya 1” kanalining “Glavnaya ssena” loyihasi g‘olibi Sardor Milano 27-noyabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda “Uz24” xabar beradi.
Qo‘shiqchi O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri jo‘rligida chiqish qiladi.
“Konsert dasturi juda rang-barang bo‘ladi, barchani hayratga solishni xohlayman. Bu asosan yangi klassikadir. Men ushbu ajoyib ijro uslubini vatandoshlarim va O‘zbekiston mehmonlariga taqdim etuvchi birinchi zamonaviy ijrochilardan biri bo‘lishimdan juda xursandman”, — deydi Sardor Milano Sputnik nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Milano “Glavnaya ssena” loyihasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tomoshabinlar ovozining qariyb 37 foizini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh (0)