Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent shahridagi “Minor” masjidi gumbazidan plitkalarning tushib ketishi yuzasidan ishchi guruh tuzdi. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda ishchi guruh hodisa joyiga yetib borgan va masjidga yetgan zararni ko‘zdan kechirib, o‘rganib chiqmoqda.
Avvalroq, 17—18-oktabr kunlari davomida yoqqan yomg‘ir natijasida “Minor” masjidi gumbazidagi ko‘k plitkalarning katta qismi tushib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, masjid qurilishi 2013-yili boshlangan bo‘lib, 2014-yil 1-oktabr kuni foydalanishga topshirilgan edi.
Izoh (0)