Kuba elchixonasining Damashqdagi vakili Gavananing go‘yoki Suriyaga harbiylarni yuborgani to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
“Bu shunchaki ahmoqona gap. Bu Rossiya lemurlarni himoya qilish uchun Madagaskarga harbiylarini yubordi, deb ta’kidlash kabidir”, — deydi Kuba vakili.
Avvalroq Fox News telekanali Kuba maxsus topshiriqli jangchilari va harbiylarining Suriyaga hukumat kuchlarini tayyorlash uchun yetib kelganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)