Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahri shifoxonasida yuz bergan otishma natijasida halok bo‘lganlar soni 24 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti vakilining ma’lum qilishicha, keyingi topilgan ikki jasad tashkilot xodimlariga tegishlidir. U, shuningdek, tashkilot shu paytga qadar bedarak yo‘qolgan deb hisoblagan 22 nafar xodimi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
To‘qqiz nafar bemorning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tergovchilar guruhiga “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti kasalxonasining AQSh Harbiy-havo kuchlari tomonidan aviahujumga uchrashi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borish haqida topshiriq bergan edi.
Izoh (0)