Rossiya prezidenti Vladimir Putin Injil, Qur’on, Tanax va Ganjur matnlarini ekstremistik material deb tan olishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat dumasida ko‘rib chiqish uchun kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Loyiha haqidagi ma’lumot RF parlamenti quyi palatasining elektron ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan.
Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, hujjat rasman chop etilgan kundan kuchga kiradi. Loyiha konsepsiyasi Rossiyadagi tegishli markazlashgan diniy tashkilotlar vakillari tomonidan ma’qullangan.
Izoh (0)