Qirg‘izistonning Chuy viloyatida 12-oktabr, dushanbaga o‘tar kechasi 50-raqamli tergov izolyatoridan to‘qqiz nafar mahkum uch nafar qo‘riqchini o‘ldirib, qochib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasasining bir nafar xodimi yaralangan.
Politsiya tez orada olib qochilgan avtomobilni topib, besh nafar jinoyatchini qo‘lga oldi. Qolgan to‘rt jinoyatchi ozodlikda qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, to‘rt mahkumning ikki nafari umrbod ozodlikdan mahrum qilingan, yana ikki nafariga nisbatan tergov jarayoni davom etayotgan edi. Ularning barchasi diniy ekstremizm va terrorchilik faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)