Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Boris Nemsovning o‘ldirilishi bilan bog‘liq ish doirasida belgilangan barcha ekspertizalarni nihoyasiga yetkazdi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, “Rosbalt” agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Jabr ko‘rgan tomon va hibsga olinganlarning advokatlari ekspertiza yakunlari bilan tanishib chiqqach, jinoiy ish ishtirokchilariga oxirgi tahrirdagi ayblov e’lon qilinadi. Мazkur ish bo‘yicha jami 51 ta ekspertiza belgilangan va o‘tgan haftada ularning so‘nggisi yakunlangan.
“O‘tkazilgan tekshiruvlar ko‘lamini inobatga olgan holda, advokatlar ekspertiza xulosalari bilan oktyabr — noyabrda tanishadi, dekabrda esa Tergov qo‘mitasi yakuniy ko‘rinishdagi ayblovni e’lon qiladi”, — deya ta’kidlandi agentlik xabarida.
Izoh (0)