Kaliforniya shtati (AQSh) fuqarosi, afroamerikalik Emi Normanni besh yoshli qarindoshi uchun xarid qilingan Playmobil konstruktoridagi qora tanli qul qiyofasidagi o‘yinchoq taajjubga soldi. Bu haqda New York Daily News xabar bermoqda.
O‘yinchoq qaroqchilar kemasini yasash uchun to‘plamning bir qismi bo‘lgan. Norman uni kema jamoasi a’zolari orasida qora tanli qahramon bo‘lgani uchungina sotib olgani aytilmoqda, ammo u xarid payti konstruktorni yig‘ish chog‘ida qulning bo‘yniga temir bo‘yinbog‘ solinish talab etilishini bilmagan. Bu holatdan darg‘azab bo‘lgan ayol Facebook’dagi sahifasida “qullik — o‘yin emas”, deb yozgan.
Bosh ofisi Germaniyada joylashgan Playmobil vakillari o‘yinchoqda o‘tmishda qul bo‘lgan qaroqchi tasvirlangani, yaratuvchilarning maqsadi XVII аsr muhitini ko‘rsatib berish bo‘lganini ma’lum qildi.
AQShda mazkur konstruktor 89,99 dollardan sotilmoqda, uni yig‘ishga o‘rtacha 45 daqiqa vaqt ketadi.