Aktyor Alisher Uzoqovning hayotdan ko‘z yumganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Bu mavzuda tarqalgan xabar matnini “Daryo” mobil muxbiri tahririyatimizga jo‘natdi.
7-oktabr kuni “Odnoklassniki” tarmog‘ida chop qilingan postda 1 yil oldin yurak xuruji tufayli kinoni tark etgan Alisher Uzoqov olamdan o‘tgani haqida yozilgan. Bundan tashqari, bir kun oldin Alisherning ahvoli og‘ir bo‘lgani, onasi Sojida Uzoqova ham bir ahvolda bo‘lgani haqida yozilgan. Ammo aktyorning onasining ismi Sojida emas, Shohida. Shuning o‘zi ham xabarning ishonchliligiga shubha uyg‘otadi.
O‘zbek kinosiga aloqador shaxslar bu xabarlarni tasdiqlamadi. “Daryo” tahririyati hozircha Alisher Uzoqovning o‘zi bilan bog‘lana olmadi. Keyinroq bu mavzu yuzasidan batafsil axborot beramiz. Biz aktyorning keyingi ishlariga omad tilagan holda, unga uzoq umr tilab qolamiz!
Izoh (0)