Toshkentda taom yetkazib berish xizmati ayni rivojlanish cho‘qqisiga chiqqan. Har oyda yangidan-yangi loyihalar paydo bo‘lib, yo‘qolmoqda.
Tayyor taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan servislarni sanab o‘tamiz:
- eOrders — http://e-orders.uz/ — restorandan taom yetkazib beradigan loyiha O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ushbu yo‘nalishni rivojlantira boshladi. Saytdagi shaxsiy kabinet orqali sizga yoqib tushgan restoran taomnomasidan buyurtma qilish mumkin. To‘lov, buyurtmani olgach, kuryerga beriladi;
- GetFood — http://getfood.uz/ — 2015-yil iyunida paydo bo‘lgan, restoranlar bilan ishlab, buyurtmalarni sayt orqali qabul qiladi. To‘lov kuryerga beriladi;
- Eat — http://eat.uz/ — xuddi shunday modeldagi servis;
- Bringo — http://www.bringo.uz/ — 2015-yil avgustida ochilgan servisning boshqa raqobatchilaridan farqi shundaki, u issiq ovqatni termosumkada yetkazadi va “taomni buyurtmadan so‘ng bir soat ichida yetkazish”ga kafolat berishga intiladi. U tayyor restoran taomidan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini ham yetkazib beradi.
- Logistika (yetkazib berish narxi, shaharning olis tumanlariga yetkazish)ni yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak;
- Tushlik vaqtida hammaga katta-katta buyurtmalar oqimlari yopirilib keladi va ko‘pchilik servislar ularni eplay olmay qoladi (kuryer yoki mashinalar yetishmasligi tufayli);
- Juda katta ustama narx qo‘yib bo‘lmaydi (odamlar taom uchun restorandagidan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashni istamaydi). Ustama narx kam bo‘lsa, servis foyda keltirmaydi;
- Restoranlar bilan kelishish qiyin (ularga buyurtmalarni qanday berasiz, ular bilan qanday hisoblashasiz).
Loyiha “Daryo” va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.
Izoh (0)